Skip to content
Open access

YASHIRIN IQTISODIYOTNI QISQARTIRISHDA FISKAL INSTRUMENTLARNING SAMARADORLIGINI OSHIRISH YO‘LLARI

Sep 2026 · Journal of Universal Science Research · 0 citations

Abstract

O‘zbekistonda yashirin va norasmiy iqtisodiyotni  qisqartirishga qaratilgan fiskal siyosat 2017-2026-yillar kesimida, rasmiy statistik ma’lumotlar hamda normativ-huquqiy islohotlar asosida baholangan. Tadqiqotning  muhim metodologik jihati shundan iboratki, “jami norasmiy va yashirin iqtisodiyot”  ko‘rsatkichi bilan soliqqa tortilmaslik maqsadida ataylab berkitilgan “yashirin  iqtisodiyot” komponenti qat’iy ajratildi; shu sababli keng ko‘rsatkichdagi pasayish  avtomatik ravishda soliqdan qochish komponentining xuddi shunday qisqarganini  anglatmasligi isbotlandi. Uzilishli vaqt qatori modeli, dekompozitsiya, tarmoq tahlili va  fiskal natijalar matritsasi 2017-yildan keyin keng kuzatilmaydigan iqtisodiyot ulushi  sezilarli kamayganini, biroq xizmatlar sohasidagi tor ma’nodagi yashirin faoliyat barqaror  yuqori qolayotganini ko‘rsatdi. 

Read PDF

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.