Skip to content
Open access

JINOYAT HUQUQIDA JINOYAT PREDMETI INSTITUTINING SHAKLLANISHI HAMDA RAQAMLI TRANSFORMATSIYA SHAROITIDAGI EVOLYUTSIYASINING RETROSPEKTIV TAHLILI

Sep 2026 · Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари / Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук / Actual Problems of Humanities and Social Sciences. · 0 citations

Abstract

Ushbu maqolada jinoyat huquqi fanida jinoyat predmeti institutining shakllanishi, tarixiytaraqqiyoti va zamonaviy raqamlashtirish sharoitidagi evolyutsiyasi retrospektiv tahlil qilingan. Qadimgi huquqiyyodgorliklardan tortib to hozirgi zamon jinoyat qonunchiligigacha boʻlgan davrda jinoyat predmetining faqatginasof moddiy ashyolar bilan chegaralanib qolmasdan, balki ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar taraqqiy etgani sarioʻzgarib borganligi koʻrsatib berilgan. Xususan, anʼanaviy yondashuvlarga asoslangan «moddiylik»konsepsiyasining bugungi kundagi kiberjinoyatchilik, raqamli pullar, kripto-aktivlar va sunʼiy intellekt kabi virtualobyektlarni qamrab olishdagi imkoniyati cheklanganligi ilmiy dalillar bilan asoslangan.Shuningdek, maqolada huquqni qoʻllash va sud-tergov amaliyotida yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishmaqsadida oʻtkazilgan sotsiologik tadqiqot natijalari keltirilgan boʻlib, qator olimlarning qarashlari bilan ilmiybahs-munozaraga kirishilgan. Yakunda jinoyat predmeti tushunchasiga kengaytirilgan, nomoddiy va virtualneʼmatlarni ham oʻzida mujassam etgan taʼrif taklif etilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksinitakomillashtirish yuzasidan batafsil, ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Read PDF

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.