Skip to content
Open access

OLIY TA’LIM TASHKILOTLARI UCHUN INTEGRATSIYALASHGAN RAQAMLI MOLIYAVIY BOSHQARUV PLATFORMASI MODELI

Sep 2026 · Marketing Jurnali · 0 citations

Abstract

Maqolada oliy ta’lim tashkilotlarining moliyaviy boshqaruvida qo‘llanilayotgan raqamli vositalar o‘rtasidagi uzilishlarni bartaraf etishga qaratilgan integratsiyalashgan raqamli platforma modeli taklif etilgan. Mavjud buxgalteriya hisobi dasturi, elektron hujjat almashinuvi tizimi, ichki xarid talabnomalarini boshqarish tizimi va elektron bank tizimlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar soni graf nazariyasi elementlari yordamida tahlil qilingan. Mavjud tizimlarni almashtirmasdan ularni o‘zaro bog‘lovchi besh qatlamli model - manba tizimlar, ma’lumotlar ombori, integratsiya qatlami, tahliliy qatlam va taqdimot qatlamidan iborat tuzilma ishlab chiqilgan hamda uni bosqichma-bosqich joriy etish tartibi va samaradorlikni o‘lchash ko‘rsatkichi asoslangan.

Read PDF

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.