Skip to content

O'zbekistonda qarag'ay (Pinus L.) seleksiyasi va unga qo'yiladigan talablar

Oct 2026 · AGROBUSINESS, SCIENCE AND TECHNOLOGY · 0 citations

Abstract

Maqolada O'zbekiston sharoitida qarag'ay (Pinus L.) turkumi turlarini seleksiyon baholashning ilmiy-uslubiy asoslari yoritilgan. Asosiy e'tibor Qrim qarag'ayi (Pinus nigra subsp. pallasiana), oddiy qarag'ay (Pinus sylvestris) va Eldor qarag'ayi (Pinus eldarica) kabi istiqbolli turlar uchun plyus daraxtlarni aniqlash, ularning o'sish ko'rsatkichlari, tana va shox-shabba sifati, urug' mahsuldorligi hamda qurg'oqchilik, sovuq, kasallik va zararkunandalarga chidamliligini kompleks baholashga qaratilgan. FAO tavsiyalari va o'rmon seleksiyasida qo'llanilagan amaliy mezonlar tahlili asosida O'zbekistonning keskin kontinental va qurg'oqchil sharoitiga mos seleksiya sxemasi taklif etildi. Fenotipik tanlovni avlod sinovlari, provenans tajribalari, klon arxivi va urug'chilik plantatsiyalari bilan bog'lash seleksiya natijaning ishonchliligini oshirishi ko'rsatildi. Ish natijalari respublikada qarag'ay genofondini saqlash, yuqori sifatli reproduktiv material bazasini yaratish va moslashuvchan o'rmon plantatsiyalarini barpo etishda metodik asos bo'lib xizmat qilishi mumkin.

View source

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.