Skip to content
Open access

Iqtisodiy taraqqiyotning yangi bosqichida O'zbekistonning rivojlanish modeli

Oct 2026 · AGROBUSINESS, SCIENCE AND TECHNOLOGY · 0 citations

Abstract

Ushbu maqola O'zbekiston iqtisodiyotining 2025-2026-yillarda yangi bosqichga ko'tarilish jarayonini, rivojlanish modelining tarkibiy o'zgarishlarini va strategik ustuvorliklarini ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qiladi. Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, 2017-yildan boshlab amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar natijasida mamlakat iqtisodiyoti davlat nazoratidagi yopiq modeldan bozor mexanizmlari, xususiy sektor va xorijiy investitsiyalarga asoslangan ochiq, raqobatbardosh modelga o'tdi. 2026-yilda Prezident tomonidan e'lon qilingan yangi rivojlanish modeli iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o'sish yo'liga o'tkazish, investitsiya siyosati sifat jihatidan yangilash, mahalliy jamoalarni iqtisodiy rivojlanishning faol subyektlariga aylantirish hamda inson kapitalini ustuvor yo'nalish sifatida belgilashni nazarda tutadi. Xalqaro moliya institutlari prognozlariga ko'ra, O'zbekiston 2026-2027 yillarda 6,7-6,8 foizlik barqaror iqtisodiy o'sishni saqlab qoladi. Tadqiqotda modelning kuchli tomonlari va mavjud muammolar aniqlanib, rivojlanishning strategik yo'nalishlari taklif etilgan.

Read PDF

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.