Skip to content
Open access

Agroturizm qishloq iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish va hududlarning barqaror rivojlanish vositasi sifatida

Oct 2026 · AGROBUSINESS, SCIENCE AND TECHNOLOGY · 0 citations

Abstract

Mazkur maqolada agroturizmning qishloq hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishdagi o'rni tadqiq etilgan. Agroturizm tushunchasining mazmun-mohiyati, uning qishloq, ekologik va etnomadaniy turizm bilan o'zaro bog'liqligi tahlil qilingan. Agroturizm nafaqat turizm xizmatlarining alohida yo'nalishi, balki qishloq xo'jaligi iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish, qo'shimcha daromad manbalarini shakllantirish, yangi ish o'rinlari yaratish va mahalliy infratuzilmani rivojlantirish vositasi sifatida asoslangan. Shuningdek, qishloq xo'jaligi ishlab chiqaruvchilari, turistik tashkilotlar, xizmat ko'rsatish subyektlari, hunarmandlar va mahalliy boshqaruv organlari o'rtasidagi hamkorlikni ta'minlovchi agroturistik klasterlarning ahamiyati yoritilgan. Tadqiqot natijasida hududlarda agroturizmni rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy yo'nalishlari va agroturistik klasterning takomillashtirilgan modeli taklif etilgan.

Read PDF

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.