Raqamli texnologiyalar va CRM tizimlarining kichik biznesdagi o'rni
Abstract
Mazkur maqolada raqamli texnologiyalar va CRM tizimlarining kichik biznes faoliyatidagi o'rni tahlil qilingan. CRM tizimlarining mijozlar bilan munosabatlarni boshqarishdagi ahamiyati, mijozlar ma'lumotlarini yagona bazada shakllantirish va boshqarish imkoniyatlari yoritilgan. Savdo jarayonlarini kuzatish hamda mijozlarga shaxsiylashtirilgan takliflar yuborish masalalari o'rganilgan. Tadqiqotda nazariy, qiyosiy, kontent-tahlil va amaliy holatlarni o'rganish usullaridan foydalanilgan. Raqamli vositalarning mijozlar bilan aloqani tizimlashtirish, xizmat sifatini oshirish va takroriy savdoni rag'batlantirish imkoniyatlari asoslangan. Shuningdek, CRMni joriy etishdagi moliyaviy, tashkiliy va texnologik muammolar tahlil qilingan. Ma'lumotlar sifati, xodimlarning tizimga moslashuvi va axborot xavfsizligi masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. Tadqiqot natijalari CRM tizimlaridan samarali foydalanish kichik biznes boshqaruvini takomillashtirishga xizmat qilishini ko'rsatadi.