Skip to content
Open access

RAQAMLI MARKIROVKA TIZIMI – SOLIQ MA’MURIYATCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH VA YASHIRIN IQTISODIYOTNI QISQARTIRISH OMILI SIFATIDA

Aug 2026 · YANGI DAVR ILM-FANI: INSON UCHUN INNOVATSION G‘OYA VA YECHIMLAR · 0 citations

Abstract

Mazkur maqolada raqamli markirovka tizimining mazmuni va uning soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishdagi o‘rni tahlil qilingan. Xususan, O‘zbekistonda joriy etilayotgan “Asl Belgisi” milliy markirovka tizimi doirasida ishlab chiqaruvchi va import qiluvchi subyektlar sonining o‘sish dinamikasi, markirovkalangan mahsulotlar hajmining kengayishi hamda tizim qamrovining bosqichma-bosqich oshib borishi statistik ma’lumotlar asosida o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, raqamli markirovka tizimi mahsulotlar harakatining shaffofligini ta’minlash, noqonuniy aylanmani qisqartirish va soliq tushumlarini, xususan aksiz solig‘i tushumlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, maqolada ushbu tizimning iqtisodiyot tarmoqlariga chuqur kirib borayotganligi hamda uning soliq ma’muriyatchiligi samaradorligini oshirishdagi roli asoslab berilgan.

Read PDF

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.