Kompaniya brendi qiymati va jozibadorligini shakllantirishda barqaror rivojlanish (ESG) tamoyillarining roli
Abstract
Mazkur maqolada ekologik, ijtimoiy va korporativ boshqaruv tamoyillarining kompaniya brendi qiymati hamda manfaatdor tomonlar uchun jozibadorligiga ta’siri nazariy-konseptual jihatdan tadqiq etilgan. Brend qiymatining xabardorlik, assotsiatsiyalar, idrok etilgan sifat va sodiqlik kabi tarkibiy elementlari bilan ESG komponentlari o‘rtasidagi funksional bog‘liqlik tizimlashtirilgan. Manfaatdor tomonlar kesimida brend jozibadorligini shakllantiruvchi mezonlar aniqlanib, ESG amaliyotining reputatsion kapital, ishonch va uzoq muddatli raqobat ustunligiga transformatsiyalanish mexanizmi asoslangan. Shuningdek, ekologik niqoblash xavfining brend kapitaliga salbiy ta’siri ochib berilib, ESG tamoyillarini brend strategiyasiga integratsiyalashning bosqichma-bosqich modeli taklif etilgan.