Skip to content
Open access

Fargʻona vodiysida turistik xizmat koʻrsatish korxonalarini qoʻllab-quvvatlash va tartibga solishning davlat mexanizmlari: rivojlanish tendensiyalari va takomillashtirish yoʻnalishlari

Sep 2026 · Innovative Research in the Modern World, Vol. 5, No. 28 (2026) · 0 citations

Abstract

Maqolada Farg‘ona vodiysida (Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari) turistik xizmat koʻrsatish korxonalarini davlat tomonidan tartibga solish va qoʻllab-quvvatlashning asosiy mexanizmlari – litsenziyalash-sertifikatlash, soliq rag’batlantirish, kichik/oilaviy korxonalarni standartlashtirish, kadrlar malakasini toifalash va hududiy maqsadli dasturlar – normativ-huquqiy hujjatlar tahlili asosida tizimlashtirilgan. Tahlil natijasida mexanizmlarning qamrovi vaqt oʻtishi bilan kengayib borayotgani, biroq ular korxona darajasida yagona institutsional tizim sifatida emas, balki turli idoralar tomonidan qabul qilingan mustaqil hujjatlar shaklida mavjudligi aniqlangan. Shu asosda mexanizmlarni institutsional muvofiqlashtirish va yagona mintaqaviy monitoring tizimini joriy etish boʻyicha takliflar ishlab chiqilgan.

Read PDF

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.