Skip to content
Open access

Qurilish materiallari sanoati korxonalarida mahsulot tannarxini matematik model asosida hisoblash va ishlab chiqarish xarajatlari auditining tarkibiy modeli

Sep 2026 · Science and Technology in the Modern World, Vol. 5, No. 25 (2026) · 0 citations

Abstract

Tezisda qurilish materiallari sanoati korxonalarida mahsulot tannarxini xarajat elementlari kesimida aniqlashning olti bosqichli matematik modeli, meʼyoriy va haqiqiy xarajatlar oʻrtasidagi ogʻishlarni hisoblash tartibi hamda xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IAS 2, IAS 16, IAS 37) talablariga tayanuvchi tannarx hisoblash modeli taklif etilgan. Shu bilan birga, sinov tizimi, ichki standartlashtirish, tahliliy tartiblar, integratsiyalashgan hisob, audit indikatorlari va tavsiya mexanizmi modullaridan iborat ishlab chiqarish xarajatlari auditining tarkibiy modeli asoslangan. Takliflar «Qizilqumsement», «Ohangaronsement» va «Quvasoysement» aksiyadorlik jamiyatlarining 2020–2023-yillardagi maʼlumotlarida sinovdan oʻtkazilgan.

Read PDF

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.