MUROJAATLAR TOʻGʻRISIDAGI QONUNCHILIKNING RIVOJLANISHI, ISLOHOTLAR VA ISTIQBOLDAGI VAZIFALAR
Abstract
Maqolada Oʻzbekiston Respublikasida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari sohasidagi qonunchilikning shakllanishi va rivojlanish bosqichlari tarixiy-huquqiy tahlil qilingan. Murojaatlar toʻgʻrisidagi qonunchilikning 1994, 2002, 2014 va 2017-yillardagi tahrirlari hamda ularning oʻziga xos xususiyatlari qiyosiy tahlil asosida yoritilgan. Shuningdek, Prezident Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxona faoliyatining huquqiy asoslari, murojaatlar bilan ishlash tizimida amalga oshirilgan islohotlar hamda ularning davlat boshqaruvidagi ahamiyati ochib berilgan. Maqolada raqamlashtirish jarayonlari, sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish, ijtimoiy tarmoqlardagi murojaatlarni huquqiy tartibga solish va xususiy sektorda murojaatlar bilan ishlashning yagona talablarini belgilashga oid takliflar ilgari surilgan.