NUMEROLOGIK BIRLIKLARNING LINGVOMADANIY XUSUSIYATLARI VA MILLIY TAFAKKURDAGI O‘RNI
Abstract
Mazkur maqolada numerologik birliklarning lingvomadaniy xususiyatlari hamda ularning milliy tafakkurni ifodalashdagi o‘rni tadqiq etiladi. Sonlarning faqat miqdoriy tushunchani ifodalovchi lisoniy birlik sifatidagi emas, balki muayyan xalqning tarixiy-madaniy tajribasi, dunyoqarashi, urf-odatlari, diniy-falsafiy qarashlari va qadriyatlarini aks ettiruvchi ramziy vosita sifatidagi xususiyatlari tahlil qilinadi. Numerologik birliklarning frazeologik, paremiologik va badiiy matnlardagi qo‘llanishi orqali ularning qo‘shimcha semantikhamda madaniy konnotatsiyalari ochib beriladi. Tadqiqotda son komponentlarining milliy mentalitetni shakllantirish va ifodalashdagi lingvokulturologik imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratiladi.