TANQIDIY TAFAKKUR VA G‘OYAVIY IMMUNITETNI SHAKLLANTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY ASOSLARI
Abstract
Mazkur tezisda axborotlashgan jamiyat sharoitida ta’lim-tarbiya va axborot siyosatining yoshlar ongini shakllantirishdagi o‘rni ijtimoiy-falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Tanqidiy tafakkur g‘oyaviy immunitetning intellektual tayanchi, g‘oyaviy immunitet esa barqarorlik tayanchi sifatida asoslanib, ularning gnoseologik, aksiologik va prakseologik funksiyalari ochib berilgan. Shuningdek, Sokratona suhbat usulini qayta tiklash, axborot siyosatida g‘oyaviy plyuralizmni saqlash va o‘quv dasturlariga metodologik skeptitsizm, konstruktivistik epistemologiya hamda me’yoriy aksiologiyaga asoslangan modullarni kiritish bo‘yicha takliflar ilgari surilgan.