MADANIY IMMUNITETNI MUSTAHKAMLASHDA MILLIY VA XORIJIY TAJRIBALARNING UMUMIY VA FARQLI JIHATLARI
Abstract
Mazkur maqolada madaniy immunitet tushunchasi jamiyatning o‘z madaniy qadriyatlarini ongli ravishda saqlash, tanqidiy qayta talqin qilish va tashqi axborot-madaniy ta’sirlarga nisbatan mustaqil pozitsiya shakllantirish salohiyati sifatida izohlanadi. O‘zbekiston tajribasi UNESCOning nomoddiy merosni asrash va madaniy xilma-xillikni rivojlantirish tamoyillari bilan qiyosiy tahlil qilindi. Hujjatlar tahlili, kontentni mavzular bo‘yicha kodlash va qiyosiy metodlardan foydalanilib, mahalla, oila va ta’limning institutsional roli, xorijiy tajribadagi madaniy ishtirok hamda mediasavodxonlik mexanizmlari o‘rganildi. Natijada madaniy immunitetni cheklash vositasi emas, ochiq muloqot va madaniy savodxonlikka tayangan moslashuvchan kompetensiya sifatida mustahkamlash modeli taklif qilindi.