Mustaqillik davri oʻzbek onomastikasi tadqiqotlarining evolyutsiyasi: struktur-semantik paradigmadan lingvokulturologik va kognitiv yondashuvi
Abstract
Tezisda mustaqillik davri (1991–2026-yillar) o‘zbek onomastikasi tadqiqotlarining ilmiy-metodologik evolyutsiyasi tahlil qilinadi. Sovet davrida shakllangan tarixiy-etimologik va struktur-semantik yondashuvlarning mustaqillik yillarida lingvokulturologik, kognitiv, sotsiolingvistik va lingvohuquqiy paradigmalar bilan boyigani asoslanadi. O‘zbek onomastikasi rivojining davriylashtirilishi taklif etiladi, har bir bosqichning yetakchi yo‘nalishlari, tadqiqot obyekti va metodlari aniqlanadi, milliy tadqiqotlar jahon onomastik nazariyasi bilan qiyoslanadi hamda sohadagi ilmiy bo‘shliqlar ko‘rsatib beriladi.