Skip to content
Open access

TADBIRKORLIK FAOLIYATIDA MARKETING KOMMUNIKATSIYALARINI TAKOMILLASHTIRISH STRATEGIYALARI

Sep 2026 · Marketing Jurnali · 0 citations

Abstract

Ushbu maqolada Oʻzbekiston bozorida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyekti misolida marketing kommunikatsiyalarini takomillashtirish va raqamli transformatsiya qilish masalalari ilmiy va amaliy jihatdan tadqiq etilgan. Korxonaning amaldagi anʼanaviy reklama xarajatlarining past samaradorligi va isteʼmolchilar bilan aloqalarning yetarlicha shaxsiylashtirilmagani asosiy muammo sifatida oʻrganilgan. Tadqiqot doirasida miqdoriy soʻrovnoma oʻtkazilib, AIDA, CRM va Integrallashgan marketing kommunikatsiyalari (IMC) modellaridan foydalanildi. Oʻzbekiston sut bozorida savdolarning asosiy qismi oflayn xarakterga ega ekanligini tahlil qilindi. Soʻrovnoma natijalariga koʻra, isteʼmolchilar tanloviga chegirmalar va ijtimoiy tarmoqlar reklamasi eng yuqori taʼsir koʻrsatishi, TV va bosma reklama xarajatlari esa kutilgan natijani bermayotgani aniqlandi.

Read PDF

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.