BO‘LAJAK MUHANDISLARNI FIZIKADAN KASBGA YO‘NALTIRILGAN UMUMTEXNIK MASALALARNI YECHISHGA TAYYORLASHDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
Oct 2026 · “ADVANCED JOURNAL OF UNIVERSITY SCIENCE AND CREATIVE INNOVATIONS” AJOU SCI · 0 citations
· 2 references
Abstract
Maqolada bo‘lajak muhandislarni fizikadan kasbga yo‘naltirilgan umumtexnik masalalarni yechishga tayyorlashning metodik jihatlari yoritiladi. Fizik bilimlarni kasbiy vaziyatlar bilan bog‘lash, ularni modellashtirish va natijalarni muhandislik nuqtayi nazaridan baholash masalalari tahlil qilinadi. Mahalliy olimlarning ilmiy qarashlariga tayangan holda, muallif tomonidan kasbiy vaziyatdan texnik qarorni asoslashgacha bo‘lgan bosqichli metodik yondashuv taklif etiladi. Uning amaliy imkoniyatlari energetika tizimlari va elektr transportiga oid masalalar misolida asoslanadi.