Skip to content
Open access

HAVONI QAYTA AYLANTIRISH (RETSIRKULYATSIYA) PRINSIPIGA ASOSLANGAN ENERGIYA TEJAMKOR PNEVMOSEPARATOR KONSTRUKSIYASI

Sep 2026 · Science and Innovation, Vol. 4, No. 73 (2026) · 0 citations · 1 references

Abstract

Maqolada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini pnevmatik usulda tozalash jarayonida sarflanadigan elektr energiyasini kamaytirishga mo‘ljallangan, havoni qayta aylantirish (retsirkulyatsiya) prinsipiga asoslangan pnevmoseparator konstruksiyasi taklif etilgan. An’anaviy pnevmatik separatorlarda ishchi havo oqimi separator orqali bir marta o‘tkazilib, tashqi muhitga chiqariladi. Bunday tizimlarda kerakli havo sarfini uzluksiz ta’minlash uchun ventilyator yuqori quvvatda ishlaydi. Taklif etilayotgan konstruksiyada esa tozalashdan keyingi havoning bir qismi qayta separatorning ishchi zonasiga yo‘naltiriladi. Natijada tashqi manbadan olinadigan yangi havo miqdori va ventilyatorning energiya sarfi kamayadi. Ishda pnevmoseparatorning konstruktiv sxemasi, havoning massa balansi, ventilyator quvvatini hisoblash va energiya samaradorligini baholash usullari keltirilgan. Shartli hisoblash natijasida 60 % retsirkulyatsiya rejimida elektr energiyasi sarfini taxminan 18 % ga kamaytirish imkoniyati ko‘rsatildi. Taklif etilayotgan yechimning samaradorligi retsirkulyatsiya ulushi, aerodinamik qarshilik va mahsulotni ajratish sifatiga bog‘liq.

Read PDF

We use cookies to run the site and, with your consent, for analytics and to show ads. See our Cookie Policy.