QUR’ON MATNIDAGI ISLOMIY TERMINLARNI TARJIMA QILISHDA EKVIVALENTLIK VA TARJIMA STRATEGIYALARI
Abstract
Qur’ondagi islomiy terminlarni tarjima qilish murakkab lingvistik va madaniyatlararo muammo hisoblanadi, chunki islomiy terminlar ko‘pincha nafaqat leksik ma’noni, balki teologik, madaniy, tarixiy va kontekstual ma’lumotlarni ham ifodalaydi. Mazkur tadqiqot ingliz va o‘zbek tillaridagi Qur’on tarjimalarida tanlangan islomiy terminlarning tarjima ekvivalentligini qiyosiy-tipologik nuqtayi nazardan o‘rganadi. Tadqiqotda arab tilidagi manba terminlari bilan ularning ingliz va o‘zbek tillaridagi ekvivalentlari o‘rtasidagi semantik, funksional va madaniy muvofiqlik darajasiga alohida e’tibor qaratiladi.